Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyun 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 64 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANI SHUNQORLARI VILOYATDA MIQYOSIDA BIRINCHI!

×

 2024-06-08 17:02:39    217

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumani shunqorlari viloyatda miqyosida birinchi!

Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari Farg’ona garnizonidagi harbiy qismda “Vatanparvar” tashkiloti Farg’ona viloyat kengashi hamda harbiy qism tomonidan “Vatanparvarlik – oliy maqsadim!” shiori ostida “Shunqorlar” harbiy-sport o’yinlarining viloyat bosqichi o’tkazildi.

 

Musobaqa qatnashchilari “O’zbekiston harbiy tarixi”, “Pnevmatik quroldan o’q otish”, “Granata uloqtirish”, “Harbiylashtirilgan estafeta”, “Duatlon”, “Qisqa masofaga yugurish”, “Turnikda tortilish” shartlarida bellashdilar.


Do’stona ruhda, shu bilan birga shiddatli va murosasiz kechgan harbiy-sport o’yinlari yakuniga ko’ra uchunchi o’rinni O’zbekiston tumani, ikkinchi o’rinni Rishton tumani hamda faxrli birinchi o’rinni So’x tumani jamoasi qo’lga kiritdi. G’oliblarga harbiy qism va “Vatanparvar” tashkilotining qimmatbaho va esdalik sovg’alari hamda diplomlari tantanali tarzda topshirildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram