JARAYON
2024-06-08 16:59:53 270
JARAYoN
Tumanning 2-sektori binosida mazkur hudud fuqarolari muammolarini o’rganish, aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi. Mazkur sayyor qabulda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman ichki ishalr bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev, tuman prokurori Sadirali Mirzokarimovlar ishtirok etdilar.
Tumandagi korxona-tashkilot va muassasalar rahbarlari qatanshgan mazkur sayyor qabulda 2-sektor hududida istiqomat qiladigan fuqarolar o’z muammolari yuzasidan murojaat etdilar. Har bir murojaat tegishli soha rahbariyatiga yo’naltirilib, ularning yechimi yuzasidan aniq choralar belgilanishi bo’yicha ko’rsatmalar berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram