Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ETIM VA OTA-ONASINING QARAMOG’IDAN MAHRUM BO’LGAN BOLALAR DAVLATIMIZ E'TIBOR MARKAZIDA

×

 2024-06-05 16:00:06    290

PDF yuklash
Chop etish


Etim va ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar davlatimiz e'tibor markazida

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 01 iyun kungi 82-sonli Farmoniga ko’ra 2024 yil 01 yanvardan boshlab boshqa ijtimoiy xizmatlar bilan birgalikda “Vasiylik va homiylik” belgilash  xizmatlari tuman mahalliy hokimligidan yangi tashkil etilgan tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho’'basiga o’tkazildi.

Sho’'ba fa'oliyatini amaldagi O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 02 yanvar kungi 364-sonli qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 22 sentyabr kungi 269-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabr kungi 824-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 21 noyabr kungi 739-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 16 avgust kungi 451-sonli qarorlari hamda boshqa normativ huquqiy hujjatlar asosida ijtimoiy xizmatlar ko’rsatilib kelinmoqda.

Takidlash lozimki joriy etilgan yangi tartib asosida yetim va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan voyaga yetmagan bolalarni joylashtirish haqidagi murojaatlari tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida ko’rib chiqiladi va tegishli tartib asosida oilalarga joylashtiriladi.

Eslatib o’tsak: vasiylik — 14 yoshga to’lmagan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga ta'minot, tarbiya va ta'lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli.

Homiylik — 14 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ularga ta'minot, tarbiya va ta'lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli. Sog’lig’ining holatiga ko’ra mustaqil ravishda o’z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va o’z majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarga bu shaxslarning iltimosiga ko’ra homiylik belgilanishi mumkin.

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs — o’ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxs.

Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan shaxslar — alohida g’amxo’rlikka, shuningdek o’z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga muhtoj bo’lgan yetim bolalar va ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar, ota-onalik huquqidan mahrum etilmagan ota-onasi bo’lgan hamda bolalarning hayoti yoki sog’lig’iga bevosita tahdid tug’dirayotgan yoki ularning ta'minoti, tarbiya va ta'lim olishiga doir talablarga javob bermaydigan sharoitda yashayotgan bolalar, sog’lig’ining holatiga ko’ra homiylikka muhtoj bo’lgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolar, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqarolar hisoblanadi.

Bu bilan yuqoriy toifadagi bolalar davlatimiz e'tiborida ekanligi uz isbotini topmoqda.

 

T.Muydinov – So’x tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bolalarni ijtimoiy himoya qilish shu'basi mudiri


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram