Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 184 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HAZRATI ALI MAHALLASIDA HASHAR YO’LI BILAN YANGI BINO BARPO ETILMOQDA

×

 2024-06-05 15:59:01    200

PDF yuklash
Chop etish


Hazrati Ali mahallasida hashar yo’li bilan yangi bino barpo etilmoqda

Ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan umrboqiy udum va an'analar borki, ular odamlarni bir-biriga birlashtiruvchi va o’zaro mehr-oqibat va hurmat-izzatni mustahkamlovchi kuchga ham egadir. Hashar mana shunday ezgu an'analardan biridir.

Hashar yo’li bilan ajdodlarimiz eng mushkul ish va yumushlarni ijro etishgan. Hashar yo’li bilan yo’llar qurilib, ko’priklar barpo etilgan, ko’rkam va muhtasham binolar qad rostlagan, ariqlar qazilib, odamlarga obi hayot yetkazib berilgan.

Bugun Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida mahalla ahli aynan hashar yo’li bilan mahalla idorasini qurishmoqda. Bugun mahallaning eski idorasi o’rniga yangi va zamonaviy bino quriladi va mana shu ezgu niyatlar bilan mahalla ahli ish boshlashdi.

Mahalla raisi Subhonali Nishonovning so’zlariga ko’ra, mahalla binosining qurilishida bugun butun mahalla ahli ishtirok etishayotir. Loyiha asosida qurilayotgan mahallaning ma'muriy binosi kelajakda fuqarolar manfaatiga xizmat qilishi lozim.

Nuroniy otaxonlar duolari bilan boshlangan bu ezgu ishda aytganimizdek, barcha mahalla ahli, ayniqsa, yoshlar faollik bilan ishtirok etishmoqda. Qurilish ishlariga kerak bo’ladigan barcha mahsulotlar saxovatpesha insonlar ko’magida yetkazib berilmoqda.

- Biz o’z mehnatimiz bilan Vatanimiz ranaqi va rivojiga hissa qo’shishimiz lozim, chunki davlatimiz bizlarga kerak bo’ladigan barcha narsa va sharoitlarni qilib berdi va bu qurilish berilayotgan barcha e'tiborga nisbatan javob bo’lishi kerak, - deydi hasharchilardan biri.

Darhaqiqat, agar biz fuqarolar berilayotgan e'tiborga nisbatan xayrixohlik bilan amal qilsak, islohotlar jarayonining ishtirokchisiga aylansak, Vatanimiz tobora rivojlanadi va kundan kunga ravnaq topaveradi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram