"QONUNIYLIKNI TA'MINLASH VA TEMIR INTIZOM OYLIGI” DAVOM ETMOQDA
2024-06-05 15:55:21 172
"Qonuniylikni ta'minlash va temir intizom oyligi” davom etmoqda
"Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz!" shiori ostida Farg’ona viloyati IIB boshlig’ining 2024-yil 29-may kunidagi 55-sonli Farmoyishiga asosan viloyatimiz hududlarida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda.
Tadbirlar doirasida o’tkazilayotgan "Qonuniylikni ta'minlash va temir intizom oyligi" ham yuqoridagi Farmoyish asosida amalga oshirilayotir. Oylik doirasida Farg’ona viloyati IIB birinchi mintaqaviy hudud - So’x tumani IIB boshlig’i huzurida xizmat intizomi qonunchilikka rioya qilish yuzasidan muhokama yig’ilishi o’tkazildi.
Tuman ichki ishlar bo’limi shaxsiy tarkibi qatnashgan mazkur tadbirda mavzu bo’yicha keng qamrovli tushuntirishlar berilib oylikni uyushqoqlik o’tkazish bo’yicha taklif va tavsiyalar o’rtaga tashlandi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram