Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XARID QOBILIYATI PARITETI BO’YICHA YALPI ICHKI MAHSULOT HAJMI 285 MLRD AQSH DOLLARNI TASHKIL ETGAN

×

 2024-06-03 17:37:06    221

PDF yuklash
Chop etish


Xarid qobiliyati pariteti bo’yicha yalpi ichki mahsulot hajmi 285 mlrd AQSh dollarni tashkil etgan


O’zbekiston Jahon banki tomonidan yuritiladigan “Xalqaro taqqoslash dasturi”da ilk bor rasman ishtirok edi. 


2024 yil 31 may kuni dasturning 2021 yilgi global bosqichi natijalari Jahon bankining rasmiy veb-saytida e'lon qilindi. Unga ko’ra, O’zbekiston xarid qobiliyati pariteti bo’yicha 2021 yilda:


- yalpi ichki mahsulot hajmi 285 mlrd AQSh dollarni;


- aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 8 162 AQSh dollarni tashkil etdi.


Jahon bankining mazkur hisob-kitoblari Statistika agentligi tomonidan o’tkazilgan statistik kuzatuvlar ma'lumotlari asosida amalga oshirilgan.


Paritet – hisob-kitoblar jarayonida mamlakatlar o’rtasida narxlar darajasidagi farqlarni bartaraf etadigan, o’ziga xos almashish koeffitsiyenti hisoblanib, xarid qobiliyati pariteti bir vaqtning o’zida ham deflyator, ham pul birliklarini taqqoslama valyutaga aylantirish vositasidir.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram