Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyun 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

PILLA TOPSHIRISH ISHLARI JADALLIK BILAN DAVOM ETMOQDA

×

 2024-06-03 17:33:48    139

PDF yuklash
Chop etish


Pilla topshirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda

Tumanimiz “ipak tola” ijodkorlari ayni kunda yetishtirilgan hosillarini yig’ib-terib olishga astoydil kirishishgan. Zimmalaridagi pilla topshirish majburiyatlarini ortig’i bilan bajarishga bel bog’lagan pillakorlarimiz bu yilgi hosildan umidlari katta.

Bizga bergan ma'lumotlarga ko’ra, “Ozod” shirkat xo’jaligi ijarachilari bu yo’lda astoydil harakat qilishayotir. Jumladan, Lenbur mahallasidan pillakorlar Sa'dullo Usmonov bir yarim quti ipak qurtidan 83 kilogramm, Mansurjon Sayrahmonov 2 qutidan 123 kilogramm va Shohzoda Komiljonova olingan yarim quti ipak qurtidan 63 kilogramm pilla olishga muvaffaq bo’ldilar.

Tumanga tashrif buyurgan viloyat “Agropilla” MChJ boshlig’i Maqsudjon Qosimov tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev bilan pillakorlar xonadonlarida bo’lib, faol pillakorlarga sovg’alar taqdim etdi.

Ma'lumot uchun: tuman pillakorlariga 2024 yil pilla hosili uchun jami 681 qutti ipak qurtidan 41 tonna pilla xom ashyosi topshirish rejasi belgilab berilgan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram