Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyun 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HAZRATI ALI MAHALLASIDAGI ZIYORATGOH YANADA OBOD GO’SHAGA AYLANADI

×

 2024-06-03 17:28:13    135

PDF yuklash
Chop etish


Hazrati Ali mahallasidagi ziyoratgoh yanada obod go’shaga aylanadi

Bugun Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida bo’lgan tuman hokimi mahallada qurilayotgan yangi idorani ko’zdan kechirdi. Mahalla ahli bilan o’zaro suhbatda ularning muammolari ham o’rganildi.

Hazrati Ali ziyoratgohini yanada obod va ko’rkam go’shaga aylantirish, ziyoratchilar va dam olish istagida bo’lgan fuqarolar oqimini mazkur ziyoratgohga yanada kengaytirish maqsadida mazkur go’shada hashar tashkil etish taklifi o’rtaga tashlandi. Tuman hokimi taklifiga binoan ziyoratgohda bugundan boshlab hafta oxirigacha obodonlashtirish hashari tashkil etiladigan bo’ldi.

Hasharda ishtirok etayotgan mahalla fuqarolari, obodonlashtirish boshqarmasi ishchi xodimlari va o’z tashabbuslari bilan hasharga kelgan Zangat mahallasi vakillariga mahalla raisi Subhonali Nishonov tomonidan minnatdorchilik bildirildi. Tashrif davomida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ziyoratgohda qad rostlayotgan masjid va  qurilish ishlarini ham ko’zdan kechirdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram