Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 105 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FESTIVAL DOIRASIDA YOSHLAR YETAKCHILARI TOMONIDAN ONALARGA YUKSAK EHTIROM KO’RSATILDI

×

 2024-05-30 17:46:58    454

PDF yuklash
Chop etish


Festival doirasida yoshlar yetakchilari tomonidan onalarga yuksak ehtirom ko’rsatildi

O’zbekiston Yoshlar ishlari agentligi So’x tumani bo’limi tashabbusi bilan “Onalarga ehtirom” festivali doirasida tantanali tadbir o’tkazildi. “Shabboda” dam olish maskanida bo’lib o’tgan tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman sektorlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Tadbir g’oyatda maroqli va noan'anaviy tarzda tashkil etildi va onalarning haqiqiy bayramiga aylanib ketdi. Tuman hokimi barcha onaxonlarni bayram bilan tabrikladi va tuman sektorlari rahbarlari tomonidan har bir mahalladan kelgan onaxonlarga tuman hokimi va yoshlar ishlari agenligi tuman bo’limining tashakkurnomalari va qimmatbaho sovg’alari taqdim etildi.

Tadbirda qatnashgan san'atkorlar ham barcha ishtirokchilarni o’z qo’shiqlari bilan tabriklab ularni raqsga chorlashdi. Bir piyola choy ustida tashkil etilgan tadbir g’oyatda chiroyli va xotiralarda mangu muhrlanadigan darajada bo’lib o’tdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram