Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QONUN USTUVORLIGI – BOSH VAZIFAMIZ

×

 2024-05-27 15:34:32    432

PDF yuklash
Chop etish


QONUN USTUVORLIGI – BOSh VAZIFAMIZ

 

Qonun ustuvorligini ta'minlash va adolatni qaror toptirishda sudlarning o’rni bugungi kunda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Sud O’zbekiston davlati nomidan qaror qabul qilar ekan, sudya qanday masalani hal qilishidan qat'i nazar, halollik, xolislik va qonun ustuvorligini ta'minlashda adolatli bo’lishni o’ziga shior qilib olishi lozim.

Muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq mamlakatimizning sud-huquq sohasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda.

Asosiy maqsad esa fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini oshirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta'minlash, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishdan iboratdir.

Ayni damda fuqarolik ishlari bo’yicha Farg’ona viloyat sudlarida o’tgan 2019 yilda ko’rib chiqilgan fuqarolik ishlari statistik jihatdan tahlil etiladigan bo’linsa, ularning asosiy qismini uy-joy nizolari bilan bog’liq ishlar tashkil etishini ko’rishimiz mumkin.

Chunonchi, o’tgan davr mobaynida fuqarolarning uy-joy nizolariga oid da'vo arizalari asosida jami 752 ta fuqarolik ishlari ko’rib chiqilgan bo’lsa, shundan 27,7 foizi uyga kiritish, 24,6 foizi uy-joydan foydalanish huquqini yo’qotgan deb topish, 24,4 foizi uydan ko’chirish, 11,9 foizi uy-joydan ulush ajratish, 3,5 foizi uydan foydalanish tartibini belgilash va 7,5 foizi uy-joy bilan bog’liq boshqa nizolarni tashkil etgan.

Bu tofa ishlar bo’yicha 75,5 foiz da'volar qanoatlantirilib, fuqarolarning uy-joy bo’lgan huquq va manfaatlari sud qarorlari qonuniy himoya qilingan.

Misol uchun, da'vogar F.Dexqonova javobgarlar R.Dexqonov, G.Dexqonovalarga (izoh: taraflar familiya, ismi o’zgartirilgan) nisbatan uy-joydan ko’chirish va uy-joyga kiritish haqidagi da'vo ariza bilan sudga murojaat qilib, javobgarlarni unga tegishli bo’lgan uyning 0001 va 0002-literlaridan ko’chirishni hamda o’zini shu literlarga kiritib qo’yishni so’ragan.

Fuqarolik ishlari bo’yicha Rishton tumanlararo sudining 2019 yil

22 maydagi hal qiluv qarori bilan da'vogarning da'vo talabi qanoatlantirilib, javobgarlar R.Dexqonov va G.Dexqonova uyning 0001 va 0002-literlaridan 0005 va 0006-literlariga majburiy tartibda ko’chirish, da'vogar F.Dexqonovani esa ushbu uyning 0001 va 0002-literlariga kiritib qo’yish belgilangan.

Aniqlanishicha, nizoli uyning 5/6 qism R.Dexqonovga va 1/6 qism B.Dehqonovaga tegishli bo’lib, fuqarolik ishlari bo’yicha Rishton tumanlararo sudining 2018 yil 11 maydagi hal qiluv qarori bilan nizoli uy 5/6 va 1/6 ulushlarda ikki qismga ajratilgan.

Sud qaroriga asosan nizoli uyning 1/6 qismi, ya'ni 0001, 0002-literlari N.Gafurovaga, uyning 5/6 qismi esa, ya'ni 0003, 0005, 0006-literlari javobgar R.Dexqonovga ajratib berilganligi, shuningdek, 0004, 0007, 0008, 0009-literlar umumiy foydalanishda qoldirilganligi bo’yicha sud qarori qonuniy kuchda ekanligi, B.Dehqonova 2018 yil 10 martda vafot etgani sababli uning qismini meros guvohnomasiga asosan qizi da'vogar F.Dexqonova qabul qilib olgan.

“Ermulkkadastr” bo’limining ma'lumotnomasiga ko’ra, nizoli uy R.Dexqonovga 5/6, F.Dexqonovaga 1/6 qism ulushlarda tegishli ekanligi tasdiqlangan.

Ish holatlaridan ma'lum bo’lishicha, javobgar R.Dexqonov da'vogarga tegishli bo’lgan nizoli uy-joyning 0001 va 0002-literli uylarni egallab olgani holda da'vogarning o’z mulkidan foydalanishiga to’sqinlik qilib kelgan.

Da'vogar F.Dexqonova esa mulkdor sifatida nizoli uy-joyning 0001 va 0002-literli uylaridan foydalanish huquqiga ega.

O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 164-moddasiga ko’ra, mulk huquqi shaxsning o’ziga qarashli mol-mulkka o’z xohishi bilan va o’z manfaatlarini ko’zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o’zining mulk huquqini, kim tomonidan bo’lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir.

Mazkur qonun talabidan kelib chiqib, sudning hal qiluv qarori bilan da'vogarni da'vosi qanoatlantirilgan.

Shu bilan birga, sudlarga uyga kiritish bilan bog’liq da'vo arizalar ko’rilmoqda. Buni statistik tahlillar ham aniq ko’rsatib turibdi.

Chunonchi, 2019 yilda uyga kiritish bilan bog’liq nizoli

209 ta ish ko’rib chiqilgan bo’lsa, ularning 189 tasiga nisbatan hal qiluv qarori chiqarilib, 154 tasi qanoatlantirilgan bo’lsa, 35 ta da'vo rad qilingan.

Albatta, yuqoridagi ishlarini ko’rish jarayonida birinchi navbatdan qonuniylikka asosiy e'tibor qaratilmoqda.

Masalan,    da'vogar R.Fattoxova javobgar S.Fattoxovga nisbatan sudga da'vo ariza bilan murojaat qilib, uy-joyga majburiy tartibda kiritib qo’yishni so’ragan.

Ish ko’rilishi jarayonida aniqlanishicha, R.Fattoxova va S.Fattoxovlar 2008 yil 5 fevralda qonuniy nikoh asosida oila qurib, turmushlaridan bir nafar farzand ko’rishgan. O’zaro oilaviy kelishmovchiliklar sababli da'vogar nizoli uydan 2010 yil noyabr oyida chiqib ketgan.

Da'vo arizaga ilova qilingan R.Fattoxovaning fuqarolik pasportining nusxasida, yashash joyi haqida ushbu uyga 2010 yil 13 yanvarda ro’yxatga qo’yilganligi haqida belgi qo’yilgan.

Birinchi instantsiya sudi, da'vogar R.Fattoxova 2010 yildan buyon nizoli uyda yashamasligi, nizoli kelin bo’lib tushgan uydan o’z xohishi bilan chiqib ketganligi, javobgar S.Fattoxov boshqa oila qurib, nizoli uyda yashayotganligini, oilani tiklashni imkoni yo’qligini inobatga olib, da'voni qanoatlantirishdan rad qilish haqida xulosaga kelgan.

Xo’sh bunga sabab nima degan tibiiy savol tug’iladi.

O’zbekiston Respublikasining FPK 72-moddasi 1-qismiga ko’ra, har bir taraf o’zining talablari va e'tirozlariga asos qilib ko’rsatgan holatlarni isbotlashi shart.

Mazkur kodeksning 74-moddasiga ko’ra, qonun bo’yicha muayyan isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi shart bo’lgan ishning holatlari boshqa hech qanday isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi mumkin emas.

Yashash joyi bo’yicha MFYning ma'lumotnomasida, da'vogar R.Fattoxova nizoli uyda emas balki boshqa uy-joyda ro’yxatda turishi ko’rsatilgan.

Sud jarayonida da'vogar nizoli uy-joyga kelin bo’lib tushganini vaj qilib, uyga kiritishni so’ragan bo’lsada, asosli dalillarni sudga taqdim qila olmagan.

Shuningdek, da'vogar 2010 yilda nizoli uy-joydan ketganidan so’ng ham javobgar S.Fattoxov bilan oilaviy munosabatlarini tugatmaganligini vaj qilsada, biroq da'vogar nizoli uydan 2010 yil noyabr oyidan chiqib ketib,

9 yildan buyon yashamayotganligi, ushbu nizoli uy-joy ro’yxatiga qo’yilmaganligi, uning nizoli uydan foydalanish huquqi mavjud emasligi inobatga olib, uning da'vosini qanoatlantirishdan rad qilish haqida asosli xulosaga kelgan.

Bugungi kunda Davlatimiz rahbarining 2017 yil 21 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni mazkur sohadagi davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tardi.

Sud tizimidagi zamonaviy talablar esa qonunchilik bazasini takomillashtirishni taqozo etdi. Shu nuqtai nazardan yangi tahrirda Fuqarolik protsessual kodeksi qabul qilindi. Ushbu kodeks fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini yangi mexanizmlar orqali himoya qilish, sudlar faoliyati shaffofligi va ochiqligini ta'minlashda o’ta muhim o’rin tutmoqda.

Sud ishlarni mazmunan ko’rib chiqish natijalari bo’yicha hal qiluv qarorini O’zbekiston Respublikasi nomidan qabul qiladi. Shunday ekan, biz, sudyalar adolatlilik, odillik, xolislik, shaffoflik va qonuniylik tamoyillarini eng ustuvor vazifa va sharaf deb bilmog’imiz talab etiladi.

 

I. R. Kuzibayev - Fuqarolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudi raisi o’rinbosari


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram