Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QIZILQIYOQ MAHALLA FUQAROLAR YIG’INIDA SHUKRONALIK TADBIRI TASHKIL ETILDI

×

 2024-05-23 18:31:06    517

PDF yuklash
Chop etish


Qizilqiyoq mahalla fuqarolar yig’inida shukronalik tadbiri tashkil etildi

Tumanimiz miqyosida olib borilayotgan va olib borilgan qurilish-ta'miralsh va bunyodkorlik ishlari aholini qiynayotgan eng dolzarb muammolarni bartaraf etish va fuqarolarimizga har jabhada qulayliklar yaratib berishga qaratilgan. Bunday xayrli va ezgu ishlar 3-sektor hududidagi Qizilqiyoq mahalla fuqarolar yig’inida ham olib borildi.

Bugun mahallaning ziyoratgohida bo’layotgan ishlarga nisbatan shukronalik sifatida tadbir tashkil etildi. Bir piyola choy ustida tashkil etilgan mazkur tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, hokim o’rinbosarlari, tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining So’x tumani Xalq qabulxonasi mudiri Sobirjon Normatov, mahalla ahli va nuroniylar ishtirok etishdi.

Tadbirda so’z olganlar bo’layotgan ishlarga nisbatan xayrixohlik qilgan holda berilayotgan e'tibor uchun davlatimiz rahbariga o’z minnatdorchiliklarini izhor etdilar. Mahallada yaqinda 6 kilometrdan ortiqroq masofaga asfalt qoplmasi yotqizildi. Bu mahalla tarixida tarixiy voqeadir va bunday ishlar bugun Qizilqiyoqda o’zining mantiqiy davomini topmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram