Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2024-05-21 18:00:41    473

PDF yuklash
Chop etish


Bilasizmi?

Harbiy xizmatdan ozod etish to’g’risidagi ma'lumotnoma


Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali murojaat qiladi.


Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:

O’zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan harbiy xizmatga chaqirilish yoshidagi jismoniy shaxs


Vakolatli organ:

Mudofaa ishlari bo’limlari


Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma'lumotlar:

So’rovnomada shaxsga oid quyidagi ma'lumotlar ko’rsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o’zgargan bo’lsa, bu haqda ma'lumotlar ko’rsatiladi)

pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma'lumotlari (JShShIR ma'lumotlari);

ma'lumotnoma tili (o’zbek/rus);

yashash manzili;

elektron manzili (mavjud bo’lsa) va telefon raqami.


Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo’lsa). Ishonchnomada:

nomiga harbiy xizmatdan ozod etish to’g’risidagi ma'lumotnoma berish so’ralayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi (o’zgargan bo’lsa, bu haqda ma'lumotlar ko’rsatiladi), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR), yashash manzili.


Davlat xizmatini ko’rsatganlik uchun undiriladigan yig’im miqdori:

Bepul


Davlat xizmatini ko’rsatish muddati:

3 ish kuni


Quyidagi hollarda O’zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan harbiy xizmatga chaqirilish yoshidagi shaxslarga ma'lumotnoma berilmaydi:

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan navbatdagi chaqiruv bo’yicha qabul qilingan qarorga asosan chaqiruvga oid tadbirlar davom etayotgan bo’lsa;

chaqiriluvchi safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatga chaqirilgan, biroq shartnomaga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining maxsus hisobvarag’iga tegishli pul badallarini belgilangan muddatda to’lamagan bo’lsa.


Asos: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

 

Abdumannon Umriddinov - So’x tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram