BILASIZMI?
![](https://soh.uz/uploads/bot/68cb429741898f89a359a.png)
2024-05-14 16:26:18 828
![](https://telegra.ph/file/68cb429741898f89a359a.png)
Bilasizmi?
Turar joyning maydoni to’g’risida ma'lumotnoma
Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali murojaat qiladi.
Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxs
Vakolatli organ:
O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi
Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma'lumotlar:
So’rovnomada shaxsga oid quyidagi ma'lumotlar ko’rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o’zgargan bo’lsa, bu haqda ma'lumotlar ko’rsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma'lumotlari (JShShIR ma'lumotlari);
ma'lumotnoma tili (o’zbek/rus);
yashash manzili;
elektron manzili (mavjud bo’lsa) va telefon raqami;
obektning kadastr raqami.
Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo’lsa).
Davlat xizmatini ko’rsatganlik uchun undiriladigan yig’im miqdori:
Bepul
Davlat xizmatini ko’rsatish muddati:
3 ish kuni
Asos: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori
Abdumannon Umriddinov - So’x tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram