“YOSH CHEGARACHILAR” HARBIY-VATANPARVARLIK MUSOBAQASINING RESPUBLIKA BOSQICHI ISHTIROKCHILARI POYTAXTIMIZGA YETIB KELDI
2024-05-14 16:23:44 802
“Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasining Respublika bosqichi ishtirokchilari poytaxtimizga yetib keldi
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo’shinlari, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, O’zbekiston Mahallalari Uyushmasi, O’zbekiston Respublikasi Sport, Madaniyat va Sog’liqni saqlash vazirliklari, Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo’l harakati xavfsizligi xizmati hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hamkorligida an'anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan “Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasining 2024 yilgi mavsumi, yakuniy Respublika bosqichi ishtirokchilari bugun erta tongdan poytaxtimizda kutib olindi.
Respublikamizning olis chegaraoldi hududlaridan yetib kelgan o’quvchi-yoshlar dastlab, Toshkent shahrining diqqatga sazovor maskanlari bilan yaqindan tanishdilar. Ilk manzil buyuk sarkarda, harb ishining mohir bilimdoni, Sohibqiron Amir Temur va uning avlodlari tarixidan so’zlovchi “Temuriylar tarixi” Davlat muzeyi bo’ldi.
Moziydan so’zlovchi eksponatlar, tarixiy qo’lyozma va buyumlar yoshlarni o’sha davr ruhiyatiga yaqinlashtirgan bo’lsa, Temuriylar shajarasi va “Temur tuzuklari” tarixiy-memuar asarining yaratilishi tarixi haqidagi ma'lumotlar ularni buyuk sarkarda hayoti va faoliyatining yangi jihatlari bilan tanishtirishga xizmat qildi. Yosh chegarachilarning poytaxtimiz bo’ylab sayohati davom etmoqda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram