Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HUSHYOR MAHALLASIDA XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIR O’TKAZILDI

×

 2024-05-09 14:50:13    277

PDF yuklash
Chop etish


Hushyor mahallasida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbir o’tkazildi


Hushyor mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan 13-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida 9-may Xotira va qadrlash kungiga bag’ishlab bo’lib o’tgan tadbirda tuman hokimi va tuman sektorlari rahbarlari ishtirok etdilar. Mehmonlarni maktab o’quvchilari guldastalar bilan kutib olishdi.


Mazkur ta'lim dargohida bir umr faoliyat olib borib, maktab direktori vazifasigacha ko’tarilgan Teshaboy Odilov ikkinchi jahon urushida nom qozongan So’x farzandi sifatida bugungi avlodlarning qalbida mangu qoladi. Chunki Teshaboy Odilov Leningrad shahri mudofaasida jonbozlik ko’rsatib, “Leningrad shahri qahramoni” unvonini olgan.


Maktabda qahramon xotirasiga qo’yilgan byust poyiga gullar qo’yildi va Teshaboy Odilovning xotirasi uchun sukut saqlandi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram