Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

INSON AZIZ, QADR MUQADDAS!

×

 2024-05-09 14:42:34    275

PDF yuklash
Chop etish


Inson aziz, qadr muqaddas!

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan nuroniy otaxon va onaxonlar holidan xabar olish, ularning duoi poklarini olish niyatida turli tadbir va aktsiyalar o’tkazilmoqda.

So’x tuman Pensiya jamg’armasi bo’limi tomonidan So’x mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi, 102-yoshni qarshilagan Subhiniso Yunusova momo holidan xabar olindi. Momo xonadoniga tashrif buyurgan mazkur bo’lim boshlig’i Rahmatjon Devonayev Subhiniso-momoni bayram bilan tabriklab, yuzdan oshgan onaxonga bayram sovg’asini taqdim etdi.

- Berilayotgan e'tibordan juda mamnun, xursand va minnatdormiz. Ayniqsa, yoshlarning hurmat va ehtiromi mamlakatimizda inson manfaati, uning sha'ni va qadr-qimmati hamma narsadan ustun ekanini yana bir karra namoyon etmoqda, - deydi Subhiniso momo.

                So’x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram