Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KONSTITUTSIYANI O’RGANAMIZ

×

 2024-05-06 16:50:25    293

PDF yuklash
Chop etish


Konstitutsiyani o’rganamiz

Konstitutsiyamizning 15-moddasi:

“O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to’g’ridan-to’g’ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.

O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsip va normalari bilan bir qatorda O’zbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy qismidir.

Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining qonunida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qo’llaniladi.

Davlat va uning organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish yuritadilar”.

Konstitutsiyaning eng asosiy yuridik xususiyatlaridan biri – uning oliy yuridik kuchga ega ekanligidir.

Konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega deganda – qonunchilik hujjatlarining tizimida (iyerarxiyasida) eng yuqori o’rinda turishi hamda uning boshqa har qanday normativ-huquqiy hujjatlardan ustunligi tushuniladi.

Konstitutsiyaning to’g’ridan-to’g’ri amal qilishi – davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari, shu jumladan, sudlar tomonidan Konstitutsiya normalarini huquqni qo’llash amaliyotida bevosita qo’llagan holda qarorlar qabul qilish, fuqarolarning Konstitutsiya normalaridan to’g’ridan-to’g’ri foydalanishi va rioya etishini ko’zda tutadi.

Qonunchilik hujjatlariga Konstitutsiya, qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmon, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, vazirlik va idoralar buyruqlari hamda qarorlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari kiradi. 

Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchga ekanligi uning siyosiy-huquqiy hujjatligi, parlamentda qabul qilinishining alohida tartibiga ega ekanligi yoki umumxalq ovozi (referendum) asosida qabul qilinishi, davlatning ichki va tashqi siyosatining asosiy strategik yo’nalishlarini, insonning asosiy huquq va erkinliklarini belgilashida ham namoyon bo’ladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram