FAVQULODDA VAZIYATLARNI OLDINI OLISH KUNNING ASOIY MASALASIDIR!
2024-05-01 17:23:18 664
Favqulodda vaziyatlarni oldini olish kunning asoiy masalasidir!
Tumanimizning jug’rofik joylashuvi va to’rt atrofi purviqor tog’lar bilan o’ralgani bois, hududimizda bahor-yoz mavsumida sel kelishi va suv toshqinlari yuzaga kelishining ehtimoli yuqoriligini barchamiz yaxshi bilamiz. Shuning uchun, tuman hokimining farmoyishiga asosan tuman hokimligida tuman hududida sel, suv toshqini va ko’chki hodisalari bilan bog’liq favqulodda vaziyatlarni odini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha tezkor shtabi tashkil etildi.
So’x tuman FVB FVDT va FM tashkil etish bo’linmasi boshlig’i, leytenant Farxiddin Saidovning ma'lumotiga ko’ra, mazkur tezkor shtab tarkibiga tuman favqulodda vaziyatlar tarkibiga kiruvchi barcha hamkor tashkilotlar kiritilgan. Ayni kunlarda tezkor shtab a'zolari hamkorlikda tuman mahallalarida targ’ibot ishlarini olib borishmoqda va bu bo’yicha aholi o’rtasida tushuntirish ishlari amalga oshirilyapti.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram