“OPENBUDGET”DA G’OLIB BO’LGAN LOYIHANING AMALGA OSHIRILISHI DAVOM ETMOQDA
![](https://soh.uz/uploads/bot/03e1a21b2e96570718c12.jpg)
2024-04-30 15:53:16 269
![](https://telegra.ph/file/03e1a21b2e96570718c12.jpg)
“Openbudget”da g’olib bo’lgan loyihaning amalga oshirilishi davom etmoqda
Aytish lozimki, “Tashabbusli byudjet” orqali So’x tumanida ham keng ko’lamli qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. 2024 yilda xalqimizning faol ishtiroki tufayli tumanimizdan 9 ta loyiha eng ko’p ovoz olib, g’oliblikni qo’lga kiritdi va bu ham mazkur tizimning samarasi hisoblanadi.
Ayni kunda Saribozorcha mahallasidagi 29-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida “Openbudget”da g’olib bo’lgan loyiha – 29-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida yozgi sport maydonchasi qurish, maktab sport zalini rekonstruktsiya qilish va 10 kVtli quyosh panellari o’rnatish ishlari olib borilmoqda. Mazkur loyiha 2023 yilning 2-mavsumida g’olib deb topilgan va 3 177 ovoz bilan ushbu loyihaga 700 million so’m mablag’ yo’naltirilgan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
![](https://telegra.ph/file/17bf135c15e161e455036.jpg)
![](https://telegra.ph/file/6a66fcf71f8965a63886f.jpg)
![](https://telegra.ph/file/4457a5330f21fe066263d.jpg)
![](https://telegra.ph/file/e8f70dd943c16f8c25adb.jpg)
![](https://telegra.ph/file/fdbb24c59ab75a9057502.jpg)
![](https://telegra.ph/file/e930e62cb53d025eaaaa5.jpg)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram