Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANI SEKTOR RAHBARLARINING SAYYOR QABULI O’TKAZILDI

×

 2024-04-23 16:46:22    224

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumani sektor rahbarlarining sayyor qabuli o’tkazildi


So’x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, sektor rahbarlari hamda So’x tumani Xalq qabulxonasi mudiri ishtirokida aholini o’ylantirayotgan muammolari yuzasidan Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inidagi 1-sektor binosida sayyor qabuli o’tkazildi.     


Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ichki yo’llarni shag’allash va asfaltlashtirish, elektr va gaz ta'minotini yaxshilash, ichimlik suvi, ishga joylashtirish, sog’liklarini tiklash uchun moddiy yordam ajratilishi hamda kadastr va yer munosabatlari bilan bog’liq murojaatlar eshitildi.


Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro’yxatga olinib, yechimi topilgan murojaatlar joyida hal etildi va ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram