Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUTLOV!

×

 2024-04-23 15:56:17    142

PDF yuklash
Chop etish


Qutlov!

Respublikamizda o’qituvchilar mahoratini sinovdan o’tkazish va yetakchi mutaxassislarni munosib rag’batlantirishga doir amaliy ishlarni tatbiq etish ta'lim tizimidagi islohotlarning biridir. Pedagog kadrlarga malaka toifasini berish bo’yicha tashkil etiladigan test sinovlari ham o’qituvchi mehnatini munosib rag’batlantirishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.

2024 yil 1 yanvardan boshlab pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy etildi. Unga ko’ra, attestatsiya ikki bosqichda o’tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo’yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholanadi.

Farg’ona shahrida bo’lib o’tgan mazkur tanlov - navbatdan tashqari attestatsiya jarayonida qatnashgan So’x tumani o’qituvchilari tomonidan o’ziga xos rekord o’rnatildi. 4 nafar so’xlik muallimlar oliy ball olishga muvaffaq bo’ldilar.

Mahoratli so’xlik pedagoglar nomlari bilan tanishing: Qizlarxon Jo’rayeva - 5-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi o’qituvchisi (98 ball), Kumushoy Tojiddinova – 15-sonli UO’T maktabi (98 ball), Barotjon Djurayev (98 ball) - 11-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi va Gulshanjon Djurayev (96 ball) – 7-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi muallimlari.

Barcha ta'lim sohasi xodimlari va tuman aholisi nomidan muvaffaqiyatga erishgan o’qituvchilarni samimiy muborakbod etamiz va bunday zafarlar bardavom bo’lishini istab qolamiz.

Ma'lumot uchun: hozirga qadar Respublika bo’yicha pedagoglarning toifa attestatsiyasida qo’lga kiritigan eng yuqori natija 96 ball edi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram