HAYOT YO’LIDA ADASHGAN SHAXSLARNI IJTIMOIY SHAROITGA KO’NIKTIRISH ASOSIY VAZIFA
2024-04-22 17:11:00 251
Hayot yo’lida adashgan shaxslarni ijtimoiy sharoitga ko’niktirish asosiy vazifa
Respublikamizda ozodlikdan mahrum etilgan joylardan ozodlikka chiqgan shaxslarni ijtimoiy sharoitga ko’niktirish, ularga e'tibor qaratish va ijtimoiy ahvolini yaxshilash maqsadida bandligini ta'minlashga doir tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Mazkur yo’nalishda joylarda faoliyati yo’lga qo’yilgan ijtimoiy ko’nikma markazlari mutasaddilari tomonidan bunday shaxslarga birlamchi moddiy yordam ko’rsatishga doir arzirli ishlar amalga oshirilayotir.
So’x tumani hokimligi ijtimoiy ko’nikma markazi yetakchi mutaxassisi Nishonali Ibragimovning so’zlariga ko’ra, jazo muddatini o’tab qaytgan fuqarolarga e'tibor qaratish maqsadida markaz tomonidan moddiy yordam ko’rsatish kabi ezgu amallar amalga oshirilib kelinyapti. Jumladan, Prezidentimizning 2024 yil 8-aprel kungi 61-sonli Farmoniga asosan jazoni o’tash muassasasidan shartli ozod etilgan, Rovon mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Akmaljon Safaraliyevga ham belgilangan tartib doirasida moddiy yordam ko’rsatildi.
Tuman hokimi, tuman hokimining birinchi o’rinbosari, komissiya raisi Ilhomjon Tojiboyev, tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov boshchiligida jazo muddatini o’tab qaytgan fuqaroning sharoiti har tomonlama o’rganildi. O’rganish natijasiga ko’ra, mazkur fuqaroga bazaviy hisoblash miqdorining 6 barobari, ya'ni 2 040 000 (ikki million qirq ming) so’m miqdorda moddiy yordam puli berildi.
Mazkur fuqaro bandligini ta'minlash maqsadida kambag’allikni qisqartirish va bandlik bo’limiga yo’llanma berildi. Markaz tomonidan amaldagi tasdiqlangan reja-tadbirlar yuzasidan targ’ibot-tashviqot ishlari davom ettirilmokda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram