Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OFTOBRU MAHALLASINING YANGI ZIYORATGOHI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2024-04-20 15:36:30    357

PDF yuklash
Chop etish


Oftobru mahallasining yangi ziyoratgohi foydalanishga topshirildi

Xabaringiz bor, Oftobru mahalla fuqarolar yig’inida hashar yo’li bilan mahalla ziyoratgohi tashkil etildi va mazkur ziyoratgoh qurilishida va barpo etilishida mahallaning barcha fuqarolari faollik bilan qatnashdi. Mahalla yangi tashkil etilganligi bois, mazkur ziyoratgoh tarkibida qabriston ham barpo etildi.

Ziyoratgohning taqdimot marosimida mahalla fuqarolari, keng jamoatchilik, Oftobru mahalla fuqarolar yig’ini yoshlari va nuroniylar ishtirok etishdi. Tadbir avvalida tuman sektorlari rahbarlari ziyoratgoh hovlisiga manzarali daraxtlar ko’chatlarini o’tqazishdi.   

Yangi ziyoratgohning foydalanishga topshirish arafasida ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev mahalla ahlining yakdilligi va birdamligi haqida gapirib, bunday xaryli ishlarni muntazam davom ettirish lozimligini qayd etib o’tdi. Qurilish ishlari sarkori Nurmuhammad Ahmedov ham hasharda faol ishtirok etgan mahalla ahliga samimiy minnatdorchilik bildirdi.

Bir piyola choy ustida tashkil etilgan tadbirda mazkur xayrli ish tashabbuskorlari sha'niga duolar qilindi. Hashar va qurilish ishlarida faol ishtirok etgan barcha fuqarolarga esdalik va qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati














Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram