Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FARG’ONA VILOYATI HOKIMI XAYRULLO BOZOROV SO’X TUMANIDA

×

 2024-04-20 15:32:37    252

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov So’x tumanida

Respublikamizda amalga oshirilayotgan amaliy islohotlar samarasi chekka hududlarda istiqomat qilayotgan fuqarolar hayotida ham namoyon bo’lmoqda. Qayd etish joyiz, bunday hayotiy islohotlar samarasidan tumanimiz aholisi ham bahramand bo’lishayotir.

So’x tumanida bo’layotgan o’zgarishlar, mahallalarda olib borilayotgan ishlar natijadorligi bilan tanishish maqsadida tumanmizga tashrif buyurgan Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bevosita tuman aholisi bilan uchrashdi.

Tashrif avvalida viloyat hokimi Lenbur mahalla fuqarolar yig’ini mahalla yettiligi bilan uchrashdi va bevosita mahallada olib borilayotgan ishlar xususida suhbatlashdi. Bu bo’yicha mahalla raisi G’ayratjon Nematov viloyat hokimiga ma'lumot berdi.

Qilingan amaliy tashrif jarayonida O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o’rinbosari, polkovnik Ramazon Ashrapov va Farg’ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor Azizbek Ikramovlar ishtirokida tuman ichki ishlar bo’limining yangi binosi foydalanishga topshirildi.     

Istiqlol mahalla fuqarolar yig’ini hududida qad rostlagan yangi zamonaviy bino – tuman ichki ishlar bo’limi ma'muriy binosining foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etgan tuman faollari, keng jamoatchilik vakillari mehmonlarni samimiy tarzda kutib olishdi. Tadbirda soha faxriylari, nuroniylar, yoshlar, ichki ishlar tizimida faoliyat olib borayotgan soha xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda so’z olganlar Respublikamizda mazkur sohala olib borilayotgan islohotlar samarasi haqida gapirib, soha rivojiga hissa qo’shgan So’x tumani faxriylari nomlarini tilga olishdi. Mazkur yangi binoning qurilishiga 13 milliard so’mdan ortiqroq mablag’ sarflandi.

Tadbir davomida ichki ishlar sohasi fidoiylariga ichki ishlar vazirligi, viloyat hokimligi, ichki ishlar boshqarmasi faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg’alari taqdim etildi. Bunday qimmatbaho va esdalik sovg’alar mazkur bino qurilishida hissa qo’shgan “Mirzoqurbon” MChJ rahbari O. Odilov va qurilish ishlarida namuna bo’lganlarga ham topshirildi.

Binoning ramziy lentasi qirqilib, tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’iga ramziy kalit topshirildi va mehmonlar binoda soha vakillariga yaratib barilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Tadbir bir piyola choy ustida san'at ahli chiqishlari bilan yanada fayzli o’tdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram