Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BIZ BIR BO’LSAK - YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK - VATANMIZ!

×

 2024-04-19 19:02:26    374

PDF yuklash
Chop etish


BIZ BIR BO’LSAK - YaGONA XALQMIZ, BIRLAShSAK - VATANMIZ!


Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi xamda Kinematografiya agentligi tomonidan tashkil etilgan "Biz bir bo’lsak — yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!" shiori ostidagi loyihalar Farg’ona viloyatining eng chekka go’shalarida ham ko’tarinkilik bilan o’tkazilmoqda. Mazkur loyiha doirasidagi tadbirlar bugun So’x tumanida tashkil etildi.

 

Respublikamiz markazidan tashrif buyurgan taniqli aktyorlar va san'atkorlar ishtirokidagi tantanali tadbir tumanimizning Hushyor mahallasida bo’lib o’tdi. Tumanimizga tashrif buyurgan mehmonlar ishtirokida mahalla madaniyat markazida tantanali tadbir tashkil etildi.  

 

Samimiy davra suhbati bilan boshlangan mazkur tadbir haqiqiy bazm kechasiga aylanib ketdi. San'atkorlar ijrosidagi qo’shiqlarga raqsga tushgan tomoshabinlar mazkur tadbirdan yuksak taassurot oldilar.

  

“Kinokarvon” loyihasi doirasida hushyorlik tomoshabinlarga tadbir oxirida "O’zbek qizi" filmi namoyish etildi. Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida mehmonlar tumanimizning diqqatga sazovor joylarini ham tomosha qildilar va mahallalar guzarlarida aholi bilan samimiy suhbatlar tashkil etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram