Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANINING “SARHAD” JAMOASI “YOSH CHEGARACHI” KO’RIK-TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI G’OLIBI!

×

 2024-04-17 16:37:01    309

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanining “Sarhad” jamoasi “Yosh chegarachi” ko’rik-tanlovining viloyat bosqichi g’olibi!


Farg’ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o’rta ta'lim maktablarining 10-11-sinf o’quvchilaridan tashkil topgan jamoalar o’rtasida “Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.

Mazkur musobqalarni o’tkazishdan asosiy maqsad yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, davlatimiz manfaatlari va suverenitetini fidokorona himoya qilishga tayyorlash, jismonan sog’lom va ma'nan yetuk yosh avlodni kamol toptirish, ular o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, o’z yurti va xalqi taqdiri uchun yuksak mas'uliyat va javobgarlik kabi muhim xususiyatlarini shakllantirishdan iborat.


Musobaqa yakuniga ko’ra tumanimizning Lenbur mahallasida joylashgan 18-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabining “Sarhad” jamoasi 1-o’rinni, O’zbekiston tumanini 21-maktabining “Sohibqiron” jamoasi 2-o’rinni, Oltiariq tumani 12-maktabning “Dinomit” jamoasi 3- o’rinni egalladilar. 


Musobaqaning respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritgan tumanimizning “Sarhad” jamoasiga omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram