Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2024-04-13 18:03:01    221

PDF yuklash
Chop etish


Bilasizmi?

 

Mehnat kodeksining 103-moddasiga ko’ra, xodimlar soni (shtati) qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishda qoldirish uchun imtiyozli huquq, quyidagilarga berilishi mumkin:

Malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq bo’lgan xodimlarga afzallik beriladi.

Malakasi va mehnat unumdorligi bir xil bo’lgan taqdirda quyidagilarga afzallik beriladi:

- qaramog’ida ikki yoki undan ortiq kishi bo’lgan xodimlarga;

- oilasida undan bo’lak mustaqil ish haqi oluvchi bo’lmagan shaxslarga;

- mazkur korxonada ko’p yillik ish stajiga ega bo’lgan xodimlarga;

- ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar o’quv yurtlarida tegishli mutaxassislik bo’yicha malakasini oshirayotgan xodimlarga va ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar o’quv yurtlarini tamomlagan shaxslarga o’qishni tugatgandan so’ng mutaxassisligi bo’yicha ishlayotgan taqdirda ikki yil mobaynida;

- mazkur korxonada mehnatda mayib bo’lib qolgan yoki kasb kasalligini orttirgan shaxslarga;

- urush nogironlari, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;

- atom ob'ektlaridagi falokatlar oqibatida kelib chiqqan oshirilgan radiatsiya nurlanishi bilan bog’liq nurlanish kasalligi va boshqa kasalliklarga yo’liqqan yoki shunday kasalliklarni boshidan kechirgan shaxslarga;

- nogironligi atom ob'ektlaridagi falokatlar munosabati bilan boshlanganligi aniqlangan nogironligi bo’lgan shaxslarga;

-  ana shunday falokatlar va halokatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlari qatnashchilariga, shuningdek mazkur zonalardan evakuatsiya qilingan yoki ko’chirilgan shaxslarga hamda ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga.

 

Jamoa shartnomasida xodimlarni ishda qoldirishda afzallik beriladigan boshqa holatlar nazarda tutilishi mumkin.

          So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram