Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QIZILQIYOQ MAHALLASINING ICHKI YO’LLARI ASFALTLASHTIRILMOQDA

×

 2024-04-13 17:55:29    179

PDF yuklash
Chop etish


Qizilqiyoq mahallasining ichki yo’llari asfaltlashtirilmoqda

Mahallalar, ayniqsa, chekka hududlarni obodonlashtirish, ushbu hududlarda aholiga qulay turmush shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida mamlakatimizda turli dastur va loyihalar asosida amaliy ishlar qilinmoqda. Aytish lozimki, bu e'tibordan So’x tumani aholisi ham bahramand bo’lishayotir.

Prezidentimizning 25 noyabr 2020 yildagi 4898-sonli “Jahon Bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar Banki ishtirokida «Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga binoan So’x tumanida 9 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihalar asosida mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish uchun 4 219 517 ming AQSh dollari yo’naltirishi belgilangan.

Ayni kunda tumanimizning Qizilqiyoq mahalla fuqarolar yig’inida ushbu loyiha doirasida mahalla ichki ko’chalarini asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda. Tuman hokimi o’rinbosari Sodiqjon Murzoyevning ma'lumotiga ko’ra, mazkur mahallani asfaltlashtirilishi uchun 2 milliard 797 million so’m mablag’ yo’naltirilgan.

Eng asosiysi, ayni kunda tumanimizning eng chekka qishlog’i aholisi ham berilayotgan e'tibordan bahramand bo’lishayotir. Bu e'tibor va g’amxurlikdlardan esa, barcha mahalla fuqarolari mamnun va minnatdor.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram