Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 75 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JOME MASJIDLARDA HAYIT NAMOZI ADO ETILDI

×

 2024-04-10 10:46:56    272

PDF yuklash
Chop etish


JOME MASJIDLARDA HAYIT NAMOZI ADO ETILDI


Bugun butun Respublikamiz bo’ylab Ramazon Hayiti keng nishonlandi. “Yaxshi niyat va ezgulikka limmo-lim bo’lgan insoniylik orzu-niyatlar bilan tutgan ro’zamizni Olloh-ta'olo o’z dargohiga qabul aylagan bo’lsin”, - deya har bir musulmon inson borki, jome masjidlar tomon yo’l olishdi. Erta tongdan barcha jome masjidlarla Hayit namozi o’qildi. Jumladan, So’x tumanidagi jome masjidlarda ham Hayit namozi ado etildi.


Hayit namozini to’la to’kis ado etish maqsadida tuman hokimligida shtab tuzilib, barcha masjidlarda qulay shart-sharoitlar yaratib berildi. Hamkor tashkilotlar va mutasaddi idoralar vakillari tomonidan navbatchilik tashkil etildi.


Hayit namozi jarayonida qilingan mav'iza va duolarda tinchlik va osoyishtalikning barqarorligi, osmonimiz musaffoligi va porloq kelajagimizning mustahkamligi niyatida samimiy tilaklar bildirildi. Ma'lumot uchun: bugun tumandagi 10 ta jome' masjidida jami bo’lib, 4 000 nafardan ortiq aholi Hayit namozini ado etdilar.


Bugun tumanimizning aksariyat mahallalarida Ramazon Hayiti munosabati bilan turli tantanali tadbirlar o’tkazilmoqda. Ushbu tadbirlarga oid yangiliklarni Siz azizlarga ulashib borishga harakatdamiz.  

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram