AHOLI XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH ENG ASOSIY MASALA
2024-04-08 17:52:31 250
Aholi xavfsizligini ta'minlash eng asosiy masala
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 noyabr “Aholi va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bog’liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 426-sonli qarori qabul qilingan bo’lib, mazkur qarorning asosiy maqsadi fuqarolar xavfsizligini ta'minlash va ularni muhofaza qilishga qaratilgan.
Bu bo’yicha toshqinga qarshi hukumat komissiyasining 2024 yil 29 fevraldagi 25/24-11-sonli qarori va Farg’ona viloyati hokimining 2024 yil 1 mart kungi 92/01-49-sonli yig’ilish bayoni ham qabul qilingan.
Mazkur qarorlar ijrosini ta'minlash hamda “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida tumanimizda turli targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Bunday targ’ibot tadbiri Farg’ona gidrometeorologiya boshqarmasi, viloyat va tuman FVB hamda tuman hokimligi vakillari hamkorligida o’tkazilmoqda.
Birgalikdagi bunday targ’ibot tadbirlari So’x tumanida sel va suv toshqini xavfi mavjud ob'eklarda ayniqsa, muntazam o’tkazilayotir. Malbut mahallasida bo’lgan hamkor tashkilotlar vakillari aholi tomonidan va xo’jaliklarda sel va suv toshqin davrini betalofat o’tkazish bo’yicha 6-sonli maktab o’quvchilariga tushuntirish ishlari olib borildi hamda Malbut qishlog’ining sel xavfi hududida joylashgan aholiga ogohnomalar tarqatildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram