SAYHUNOBOD TUMANI TAJRIBASI ASOSIDA AHOLI BANDLIGINI TA'MINLASH, KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA FUQAROLAR DAROMADINI OSHIRISH KUNNING ASOSIY VA DOLZARB MASALASI!
2024-04-06 16:17:46 350
Sayhunobod tumani tajribasi asosida aholi bandligini ta'minlash, kambag'allikni qisqartirish va fuqarolar daromadini oshirish kunning asosiy va dolzarb masalasi!
Hududlarda aholi bandligini ta'minlash va ularning daromadini oshirishga qaratilgan ishlarda Sayhunobod tumani tajribasini qo'llash yuzasidan qilinayotgan amaliy ishlar Respublika va viloyat miqyosidagi mutasaddi rahbarlar ishtirokida o'rganilayotir. Bugun tumanimizda bo'lgan Farg'ona viloyati hokimining birinchi o'rinbosari Xabib Sirojitdinov ham “xonadonbay” tizimi asosida tuman hududlarida amalga oshirilayotgan ishlarni shaxsan o'rgandi.
Tumanimizning Lenbur, Devayron, Yangiariq va boshqa mahallalarda bo'lgan viloyat hokimi birinchi o'rinbosari tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va boshqa mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda mahalla yettiligi, nuroniylar va tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o'tkazdi. Mazkur uchrashuvlarda kunning eng asosiy masalalaridan bo'lgan aholi daromadini oshirish, kambag'allikni qisqartirish, bank krediti orqali fuqarolarni tadbirkorlikka yo'naltirish, tomorqadan samarali foydalanish usullari tahlil etildi.
Viloyat hokimining birinchi o'rinbosari bevosita mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning ish tajribasi bilan tanishdi va muammolarini o'rgandi. Mahalla yettiligi bilan hamkorlikda ish olib borish, asosan qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan tumanda tomorqadan oqilona foydalanishni yo'lga qo'yish maqsadga muvofiqligi yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
Har bir qarich yerdan unumli foydalangan holda eksportbop mahsulotlar yetishtirish va tomorqada yetishtirilgan mahsulotlarni bozorga olib chiqish bo'yicha ham takliflar o'rtaga tashlandi. Tomorqada nafaqat qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish, balki issiqxonalar barpo etish, chorva mollari, tovuq pavrarishini yo'lga qo'yish, asalarichilkni rivojlantirish qulayligi So'x tumani sharoitiga mos ekanligi qayd etildi.
Ushbu sohalarni, ayniqsa, asalarichilkni yo'lga qo'yish yuzasidan tuman hokimligi mutasaddilariga targ'ibot ishlarini kuchaytirish bo'yicha topshiriqlar berildi. Daromad olish istagida bo'lgan fuqarolarga kreditlar ajratish bo'yicha tumanda faoliyat olib borayotgan banklar mutasaddilariga ham ko'rsatmalar berildi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram