Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“TASHABBUSLI BYUDJET”NING G’OLIBLARI OPENBUDGET.UZ PORTALIDA E'LON QILINDI

×

 2024-04-06 15:08:36    372

PDF yuklash
Chop etish


“Tashabbusli byudjet”ning g’oliblari openbudget.uz portalida e'lon qilindi

 

So’x tumanida 2024 yil 1-mavsumda 9 ta tashabbus g’olib deb topildi. Ularni amalga oshirish uchun 12 012 700 000 so’m ming so’m mablag’ yo’naltiriladi.

 

Tumanimizdan g’olib deb topilgan tashabbuslar ruyixati:

Oftobru mahalla fuqarolar yig’ini Toshqura massivida joylashgan katta arig’ini 5 kilometr qismiga beton ariq (lotok) o’rnatish taklifi. Tasdiqlangan mablag’ 1 360 000 000 so’m. Jami to’plangan ovozlar soni 2 617 ta.

Lenbur mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan Lenbur 1, 2, 3, “Mevazor” va “Lochin” ko’chalari 3 kilometr qismini asfaltlashtirish loyihasi. Tasdiqlangan mablag’ 1 360 000 000 so’m. Jami to’plangan ovozlar soni 2 484 ta.

Devayron mahalla fuqarolar yig’ini “Gulxan” ko’chasidagi mahalla ichidan o’tgan asosiy yerlarga suv yetkazadigan ariq, 300 tadan ortiq xonadon tomarqasi va 50 gektardan ortiq shirkat xo’jaligi yerlarini sug’oradigan ariklarning 2 700 metr qismini betonlashtirish loyihasi. Tasdiqlangan mablag’ 1 360 000 000 so’m. Jami to’plangan ovozlar soni 2 423 ta.

Devayron mahalla fuqarolar yig’ini Umbara fishlogi ichki ko’chalardagi sug’orish ariqlarni 10 kilometr ismini loktoklash loyihasi. Tasdiqlangan mablag’ 1 000 000 000 so’m. Jami to’plangan ovozlar soni 2 367 ta.

2-sonli maktabga zamonaviy sport maydoncha qurish (sport zali va sport maydonchasi mavjud emas), uchinchi o’quv binoni joriy ta'mirlash, isitish tizimini sozlash, maktab hovlisini asfaltlashtirish va hojatxonani SanPI qoidalariga javob bermayotganligi sabab kapital ta'mirlash loyihasi. Tasdiqlangan mablag’ 1 360 000 000 so’m. Jami to’plangan ovozlar soni 2 316 ta.

Zangat mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan 25-sonli maktabia mini sun'iy stadion qurish va maktab atrofini temir panjara bilan o’rash loyihasi. Tasdiqlangan mablag’ 1 360 000 000 so’m. Jami to’plangan ovozlar soni 2 265 ta.

Sarikanda maxallasidagi 4-sonli maktab stadioniga sun'iy mini-futbol maydonchasi, yozgi voleybol maydonchasi, bolalar uchun kiyim almashtirish xonalari qurish va quyosh panel o’rnatish loyihasi. Tasdiqlangan mablag’ 1 000 000 000 so’m. Jami to’plangan ovozlar soni 1 503 ta.

Oftobru mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan 22-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi hududiga usti yopiq sun'iy qoplamali mini-futbol maydoni qurish loyihasi. Tasdiqlangan mablag’ 700 000 000 so’m. Jami to’plangan ovozlar soni 1 205 ta.

So’x tumani Sharqobod mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan “Iftixor” va “Tumaris” ko’chalarini 4000 metr asfaltlashtirish. Tasdiqlangan mablag’ 1 360 000 000 so’m. Jami to’plangan ovozlar soni 1 130 ta.

Quyidagi manzil orqali g’olib deb topilgan tashabbuslar bilan batafsil tanishing: https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram