Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 138 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN FAVQULODDA VAZIYATLAR BO’LIMI XODIMLARI ISHTIROKIDA TARG’IBOT TADBIRI O’TKAZILDI

×

 2024-04-05 17:38:57    236

PDF yuklash
Chop etish


Tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari ishtirokida targ’ibot tadbiri o’tkazildi

Aholini tabiiy va texnogen xususiyatiga ega bo’lgan turli vaziyatlar va favqulodda holatlarda himoya qilish va ularni bunday holatlarda qutqarish bo’yicha tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi tomonidan keng ko’lamli targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilayotir. Mana shunday tadbir tuman madaniyat markazining majlislar zalida bo’lib o’tdi.

Tadbirda ishtirok etgan fuqarolarga mavzu bo’yicha keng tushuncha va ma'lumotlar berildi. Ochiq muloqot tarzida bo’lib o’tgan mazkur tadbirda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda fuqaro muhofazasi muhandislik - himoya inshootlarining yashirinuvchilarni qabul qilishga tayyorlash tartibi yuzasidan ma'lumotlar yetkazildi.

Tuman hokimligi va tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi vakillari tomonidan mavzuga doir berilgan ma'lumotlar aholini ogohlikka chaqirish va har doim hushyor bo’lishlariga qaratildi. Zotan inson hayoti har narsadan ustun va uni asrash, himoyalash birinchi galdagi vazifa sanaladi.

Tadbir davomida is gazi va ovqatdan zaharlanish bo’yicha ham ma'lumot va tushunchalar berildi. Tadbirda ishtirok etgan fuqarolar ham bu bo’yicha o’z fikr va mulohazalarini izhor etdilar.

                       So’x tumani hokimligi Ahborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram