Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN MARKAZIDAGI MAHALLALARDA JOYLASHGAN XONADONLAR HUDUDI VA BO’SH TURGAN, QISHLOQ XO’JALIGIDA FOYDALANMAYDIGAN YER MAYDONLARIDA YASHIL HUDUDLAR BARPO ETILADI

×

 2024-04-04 15:52:01    154

PDF yuklash
Chop etish


Tuman markazidagi mahallalarda joylashgan xonadonlar hududi va bo’sh turgan, qishloq xo’jaligida foydalanmaydigan yer maydonlarida yashil hududlar barpo etiladi


“Yashil makon” umumimilliy loyihasi doirasida tumanimizda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Yashil hududlar barpo etish uchun ayni kunda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tashabbusi bilan bo’sh turgan yer maydonlari, qishloq xo’jaligida foydalanmaydigan hududlar tanlab olinmoqda.


Tumanning Istiqlol mahalla fuqarolar yig’ini hududining markaziy shifoxona yo’nalishidagi yo’l cheti va xonadonlar joylashgan hududlarga asosan gullar ekish uchun joy tayyorlanmoqda. Bu ishlarga tuman obodonlashtirish boshqarmasining ishchi-hodimlari jalb etilgan.


Tumanning Navobod mahalla fuqarolar yig’inining kichik sanoat zonasi joylashgan hududidan ham qishloq xo’jaligida foydalanmaydigan yer maydoni tanlab olindi va bevosita tuman hokimi boshchiligida maxsus texnika vositasi orqali manzarali daraxtlar ko’chati yetishtirish va nihol o’tqazish uchun tanlab olingan maydon hududi tekkislandi. Bu yerga asosan terak qalamchalari va manzarali daraxtlar ko’chatlari o’tqaziladi.


Bu xayrli ishga tumanning barcha korxona-tashkilotlar mutasaddilari va tadbirkorlar jalb etildi. Tuman sektorlari kesimida ham ushbu xayrli tashabbus qo’llab-quvvatlanishi orqali yashil hududlar barpo etilishiga asos solinadigan bo’ldi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram