Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 80 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SOHIBKOR MAHALLASIDA VILOYAT PENSIYA JAMG’ARMASI BOSHLIG’I ISHTIROKIDA SAYYOR QABUL O’TKAZILDI

×

 2024-03-28 15:15:55    89

PDF yuklash
Chop etish


Sohibkor mahallasida viloyat pensiya jamg’armasi boshlig’i ishtirokida sayyor qabul o’tkazildi

Aholi muammolarini o’rganish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha yaratib berilgan tizim asosida bugun barcha sohalardagi mushkulotlarga yechim topilayotir. Viloyat darajasidagi turli soha vakillari va mutasaddilari tomonidan tumanlarda tashkil etilayotgan sayyor qabullar aynan mana shunday ezgu maqsadlarni o’zida mujassam etgan.  

Farg’ona viloyati So’x tumani fuqarolari uchun Pensiya jamg’armasi Farg’ona viloyati boshqarmasi boshlig’i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Z.Akramov tomonidan Sohibkor mahallasida navbatdagi sayyor qabuli o’tkazildi.

 

1-sektor binosida tashkil etilgan sayyor qabulda barcha mahallalardan fuqarolar qatnashib, o’z muammolari yuzasidan murojaat etdilar. Boshqarma boshlig’i tomonidan pensiya tayinlanishi borasida muammosi, savollari bo’lgan fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, qonunchilikdagi o’zgarishlar, yangiliklar hamda yaratilib berilayotgan imtiyozlar, qulayliklar to’g’risida tushunchalar berildi.

 

Shu kunni o’zida ikki nafar fuqaroning murojaati bo’yicha amaliy yordam ko’rsatildi. Mazkur fuqarolarga jamg’arma boshlig’i ishtirokida sovg’a-salomlar manzilli yetkazib berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram