Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DEVAYRON MAHALLASIDA ELEKTR TA'MINOTI YANADA YAXSHILANMOQDA

×

 2024-03-27 16:10:10    135

PDF yuklash
Chop etish


Devayron mahallasida elektr ta'minoti yanada yaxshilanmoqda

Tumanimizda kommunikatsiya tizimidagi aholi muammolarini hal etish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, fuqarolarimizga zarur shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida turli loyihalar va dasturlar orqali amaliy ishlar olib borilmoqda. Devayron mahalla fuqarolar yig’inida elektr ta'minotidagi muammolarni bartaraf etish yo’nalishidagi ishlar mana shunday amallarning bir qismi hisoblanadi.

Tuman hokimi o’rinbosari Sodiqjon Murzoyevning bizga bildirishicha, mana shunday kompleks ishlar bugun tumanimizning aksariyat mahallalarida olib borilayotir. Devayron mahallasidagi amaliy ishlar Jahon Bankining “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

“So’x tuman Devayron mahalla fuqarolar yig’ini elektr ta'minotini mukammal ta'mirlash” loyihasi asosida olib borilayotgan ishlar tumanimizning quruvchilari zimmasiga yuklatilgan. Mazkur ishlarga Jahon Banki tomonidan 1 milliard 570 million so’m mablag’ yo’naltirilgan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram