Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ASOSIY FAN OLIMPIADASINING RESPUBLIKA BOSQICHI G’OLIBLARI ANIQLANDI

×

 2024-03-27 16:07:32    203

PDF yuklash
Chop etish


Asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichi g’oliblari aniqlandi


Termiz shahridagi 26-umumta'lim maktabida asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichi g’oliblarini tantanali taqdirlash marosimi o’tkazildi. Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari ishtirok etishdi. Tadbirda olimpiadaning g’olib va sovrindorlariga pul mukofotlari hamda qimmatbaho esdalik sovg’alari topshirildi.

Bu yilgi olimpiadada So’x tumanidan ham talabalar ishtirok etishib, tumanimiz sharafini munosib himoya qilishdi. Tanlov yakuniga ko’ra, tojik tili va adabiyoti fanidan bizning talaba ikkinchi o’rinni egallashga muvaffaq bo’ldi.

Tumanimizning 28-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi o’quvchisi Shodiyona     Sobirjonovani ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz. Respublikada ushbu fandan birinchi o’rin samarqandlik Mehrubon Mardonovaga nasib etdi.

Talabalarimizning muvafaqiyati bardavom bo’lishini va kelgusida birinchi o’rinni egallashlarini tilaymiz!

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram