Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“SOHIL” DAM OLISH MASKANIDA IFTORLIK DASTURXONI YOZILDI

×

 2024-03-26 16:39:08    244

PDF yuklash
Chop etish


“Sohil” dam olish maskanida iftorlik dasturxoni yozildi

Tumanimizning Soybozor mavzesidagi “Sohil” dam olish maskanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan iftorlik dasturxoni yozildi. Mazkur tadbirda tumanimizning barcha mahallalaridan taklif etilgan 400 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etidilar.

 

Tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, hokim o’rinbosarlari, tuman sektorlari rahbarlari ham qatnashdi. Tadbirda ishtirok etgan nuroniy onaxonlar, mo’nis ayollar va xotin-qizlar ham berilgan e'tibor uchun iftorlik tashkilotchilariga dasturxon ustida samimiy minnatdorchilik izhor etdilar.

 

Tadbir jarayonida muborak ramazon oyi fazilatlari haqida gapirildi, ushbu oyning ulug’ligiga oid hadislar orqali tushuntirishlar berildi.   Iftorlik dasturxonida ishtirok etganlar yurtimizga tinchlik, oilalarimizga totuvlik, ro’zg’orlarimizga baraka, dehqonchiliklarimizga mo’l hosil tilab, duo qilishdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram