Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“ENG YAXSHI MAHALLA RAISI” KO’RIK-TANLOVI TUMAN BOSQICHI G’OLIBLARI TAQDIRLANDI

×

 2024-03-25 17:05:46    266

PDF yuklash
Chop etish


“Eng yaxshi mahalla raisi” ko’rik-tanlovi tuman bosqichi g’oliblari taqdirlandi

Respublikamizda mahalla tizimiga berilayotgan e'tibor samarasi o’laroq sohada faoliyat olib borayotgan mutasaddilar faoliyati ham mukammallashib, xalq dardi bilan yashash va xalq farovonligi uchun ishlash kabi ezgu maqsad ularning ongu shuuriga tobora chuqurroq singib bormoqda. Namunali faoliyat yuritayotgan mahalla mutasaddilarini munosib rag’batlantirish esa ularni yanada samaraliroq faoliyat olib borishga undayotgani ayni haqiqat.

Mahalla tizimi xodimari kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Eng yaxshi mahalla raisi” ko’rik-tanlovida ham bizning tumanimizdan ishtirok etgan va g’oliblikni qo’lga kiritgan raislar ham bor. Bu kabi faol raislarimiz munosib taqdirlanishdi ham.

Tumanning “Sohil” tantanalar saroyida tashkil etilgan tadbirda ushbu ko’rik-tanlov g’oliblariga bir martalik pul mukofoti va esdalik sovg’alar taqdim etildi.

Mazkur ko’rik-tanlovda birinchi o’rin Sarikanda mahalla fuqarolar yig’ini raisi Bahodirjon Safoyevga nasib etdi. Sarikanda mahallasi raisi viloyatda ikkinchi o’rinni egallashga muvaffaq bo’ldi.

Ikkinchi o’rin Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini raisi Subhonali Nishonovga nasib etga bo’lsa, uchinchi o’rinni Tul mahalla fuqarolar yig’ini raisi Qahramonjon Ahmedov egalladi. Tul raisiga bu yili “Mahalla iftixori” ko’krak nishoni topshirildi.

To’rtinchi o’ringa Zangat mahalla fuqarolar yig’ini raisi Umarali Sattorov loyiq deb topilgan bo’lsa, beshinchi o’rin Qizilqiyoq mahallasi raisi Madiyorjon Mamasharipovniki bo’ldi.

Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tomonidan barcha g’olib va sovrindor mahalla raislariga qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi. 1, 2, 3-o’rinni egallagan mahalla raislariga 3 million so’mlik, 4-o’rinni olgan raisga 2 million so’mlik va 5-o’rini egallagan mahalla raisiga 1 million so’mlik sertifikat taqdim etildi.

Barcha fidoyi va o’rnak ko’rsatgan, namuna bo’lgan mahalla raislarini ushbu mukofotlar bilan samimiy muborakbod etamiz.

Bardavom bo’lsin!

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram