Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 55 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAVPAYA MAVZESIDA YOSHLAR YETAKCHILARI BILAN TUMAN HOKIMI VA YOSHLAR YETAKCHILARINING MULOQOTI JARAYONIDA SAVOBLI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI

×

 2024-03-25 16:42:55    92

PDF yuklash
Chop etish


Javpaya mavzesida yoshlar yetakchilari bilan tuman hokimi va yoshlar yetakchilarining muloqoti jarayonida savobli ishlar amalga oshirildi

Aytish lozimki, o’tgan 2023 yilda tumanimiz hududida mahallalarda faoliyati yo’lga qo’yilgan yoshlar yetakchilari tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga nisbatan muhabbatini yanada oshirishga doir turli tadbirlar o’tkazildi. Aynan ushbu masalaga bag’ishlangan ochiq muloqot tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirokida tuman yoshlar yetakchilari bilan noan'anaviy tarzda bo’lib o’tdi.

Ayni kunda Respublikamizda “Yashil makon” loyihasi doirasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilayotir. Tumaning Qal'acha mahallasiga tashrif buyurgan yoshlar yetakchilari bu hududda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar.

Tadbirda tuman hokimi tomonidan tuman mahallalarida faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari tomonidan hududlarda yoshlarni, ayniqsa, uyushmagan yoshlarni turli tadbirlarga jalb etish, ularda vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirish bo’yicha o’tkazilgan tadbirlar tahlil etildi.

- Vatanparvarlik tuyg’usini yoshlar ongida shakllantirish faqatgina madaniy-ma'rifiy tadbirlar bilan cheklanib qolmaydi. Bugungi yoshlarimiz o’zlarining mehnati va sa'y-harakati bilan Vatan taraqqiyotiga hissa qo’shishlari lozim. Bir dona daraxt ekgan odam ham Vatanning gullab-yashnashiga hissa qo’shgan hisoblanadi. Ikkinchidan, daraxt ekib, bog’ yaratish savob amal hisoblanadi. Yoshlarni har doim foydali jamoat ishlariga jalb qilishimiz lozim, - dedi tuman hokimi yoshlar bilan uchrashuv chog’ida.

So’x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida yoshlar ishlar Agentligi aparat xodimlari hamda barcha mahalla fuqarolar yig’inlari yoshlar yetakchilari birgalikda amaliy ishlar olib borishdi. Qal'acha mahallasi hududida joylashgan Javpaya massivida mevali daraxtlar ko’chati o’tqazilib, “Yoshlar bog’i” barpo etildi.

Tadbir amaliy mehnat va davra suhbati hamohangligida juda ta'sirchan o’tdi. 2024 yil uchun tasdiqlangan amaliy rejalarni bajarilishi yuzasidan qabul qilingan “Yo’l xaritasi” ijrosi yuzasidan kerakli taklif va tavsiyalar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram