QISHLOQ XO’JALIGI SOHASIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR TAHLIL QILINDI
2024-03-20 15:23:24 346
Qishloq xo’jaligi sohasidagi dolzarb muammolar tahlil qilindi
Tuman madaniyat markazining majlislar zalida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan sub'ektlar rahbarlari, 2-sektor hududida faoliyat olib borayotgan fermer xo’jaliklari raislari, mazkur hudud mahalla fuqarolar yig’inlari yettligi, hokim o’rinbosarlari ishtirokida 2024 qishloq xo’jaligi yili uchun olib borilayotgan amaliy ishlarga oid ochiq muloqot bo’lib o’tdi.
Tadbirda so’z olgan tuman hokimi bugungi ba'zi qishloq xo’jaligi rahbarlari tomonidan bahorgi yumushlarni boshlashdagi mas'uliyatsizliklari, bahor fasli kelishiga qaramay, ba'zi xo’jaliklarda ba yilgi qishloq xo’jaligi uchun umumun taraddud ko’rilmaganligi, chorvachilik va bog’dorchilik yo’nalishlarida faoliyat olib boradigan xo’jaliklarning aksariyatida bahorgi ishlar sust kechayotganligi, tuman hokimi va hokim o’rinbosarlari tomonidan berilgan topshiriqlarning ijrosida loqaydsizlik holatlari uchrayotganligini ta'kidlab, barcha xo’jaliklar mutasaddilari faoliyatiga tanqidiy nuqtai nazardan baho berdi.
Dehqonlar, bog’bonlar, chorvadorlar, tizimda xususiylik shaklida faoliyat olib borayotgan barcha mutasaddilarning faoliyatiga baho berilishi, yo’l qo’ygan kamchiliklarni bartaraf etilishi, amalga oshirilgan ishlar xususida tizimli ravishda axborot berib borilishi, takroriy topshiriqlar ijrosini paysalga soladigan rahbarlarga nisbatan qonuniy choralar ko’rilishi bo’yicha qat'iy ko’rsatma va topshiriqlar berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram