Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 103 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YORDAMGA MUHTOJ OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI

×

 2024-03-20 15:22:21    392

PDF yuklash
Chop etish


Yordamga muhtoj oilalar holidan xabar olindi


Milliy bayramlar va tarixiy kunlar arafasida kam ta'minlangan, ijtimoiy ko’makka muhtoj, ehtiyojmand fuqarolar, nogironligi bor shaxslar holidan xabar olish saxovatpesha insonlarning doimiy yumushiga aylangan. Bu yo’nalishda tumanimizning Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida arzirli ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Navro’z bayrami arafasida Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini raisi Subhonali Nishonov tashabbusi bilan tashkil etilgan “Saxovati mahallai Hazrati Ali” jamg’armasidan Hazrati Ali, Sarikanda, Saribozoricha va Mulgon mahalla fuqarolar yig’inlarilarda yashovchi kam ta'minlangan, boquvchisini yo’qotgan 40-nafar oillaar holidan xabar olinib, ularni muborak ramazon oyida Navro’z ayyomi bilan tabriklab, homiylar tomonidan berilgan un, yog’, go’sht mahsulotlari manzilli yetkazib berildi.

- Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 6-martdagi 137-sonli farmoyishi va shu asosda qabul qilingan viloyat hokimi va tuman hokimining farmoyishlarida ham alohida ko’rsatib o’tilgan. Maqsadimiz muborak ramazon oyida bunday oilalar holidan xabar olish va Navro’z bayrami arafasida ularga ozgina bo’lsa ham, shodlik va xursandchilik ulashishdan iborat, - deydi Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini raisi.   

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram