Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ENG AVVALO OILA QO’RG’ONI MUSTAHKAM BO’LMOG’I LOZIM

×

 2024-03-19 16:18:46    252

PDF yuklash
Chop etish


Eng avvalo oila qo’rg’oni mustahkam bo’lmog’i lozim

Tumanimizning 30-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.12.2023 yil kunidagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi №PQ-401-sonli ҷarori 3-ilova 37-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida fuqarolik ishlari bo’yicha (JIB) So’x tumani sudi, tuman oila va xotin-qizlar bo’limi, tuman ichki ishlar bo’limi hamda FXDYo bilan hamkorlikda nikohdan ajralish uchun ariza bergan oilalarni yarashtirish bo’yicha sayyor qabul o’tkazilishi yuzasidan targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

Qabul davomida nikohdan ajralishni oldini olish, oilani saqlab qolish bugungi kunning dolzarb masalalardan ekanligi, shu sababli sudlar ushbu yo’nalishda xamkor tashkilotlar bilan tadbirlar o’tkazib kelinayotganligi;

Sudlarda ishlarni ko’rishda asosiy e'tibor fuqarolar o’rtasidagi nizolarni avvalo taraflarni yarashtirish, kelishtirish orqali hal etilishiga erishish, qarindoshlar o’rtasidagi qarindoshchilik rishtalarini saqlab qolishga, ikki tarafni ham manfaatli natijaga erishishi natijadorligiga qaratilayotganligi haqida gapirib o’tildi.

Mahalla fuqarolar yig’inlarda oilalar o’rtasida kelib chiqadigani nizolarni o’zaro kelishuv yo’li bilan hal qilishga qaratilgan mediatorlar tizimini tashkil qilish maqsadga muvofiq bo’lishligi, ushbu norma yosh oilalarning nikohlarini saqlab qolishga bo’lgan harakatlarni sudgacha, ya'ni taraflarning nizolari keskinlashmasdan turib, hal etish mexanizmini takomillashtirish orqali oilalarni dastlabki nizo boshlanishi vaqtidayoq yarashtirish masalalarini keng qamrovli ko’rib chiqish imkonini beradi va nizoni sudgacha hal etishga vakolatli bo’lgan organlar ma'suliyatini oshirilishi tushuntirildi.

Oila va xotin-qizlar bo’limi va uning joylardagi vakillari vakolatlarini oshirgan holda oilani yarashtirish borasida ta'sir choralarini kuchaytirish, bunda asosiy e'tibor quyidagilarga qaratilishi qayd etildi:

Oila va xotin-qizlar bo’limi va uning joylardagi vakillari tomonidan turmush qurish arafasida turgan yoshlar va ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbatlar olib borish;

ikki yoshning oilaviy muhiti, dunyoqarashlari bir-birlariga munosibligi, nikohlanuvchilarning turmushga tayyor yoki tayyor emasligi holatlarini chuqur o’rganish lozim bo’ladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram