Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 104 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING “ALIFBE BAYRAMI” O’TKAZILDI

×

 2024-03-19 16:16:43    414

PDF yuklash
Chop etish


Boshlang’ich sinf o’quvchilarining “Alifbe bayrami” o’tkazildi


Tumanimizning bolalar musiqa va san'at maktabida 1-sonli umumiy o’rta maktab o’qituvchisi Mullojon Fayzidinov tashabbusi bilan “Rahmat, senga Alifbe!” mavzusi ostida “Alifbe bayrami” deb nomlangan tadbir tashkil etildi. Bu yil boshlang’ich sinflar o’qituvchisi Mullojon Fayziddinovning o’quvchilari 1-sinfni bitirishayotir va tashkil etilgan mazkur tadbirda o’quvchilar o’z chiqishlari orqali ishtirokchilarga o’z bilimlarini namoyish etdilar.


Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov va tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi mudiri Gulnozaxon Usmonovalar o’quvchilarning ota-onalari bilan bolalar chiqishidan bahramand bo’ldidar. Maktab, baxtli bolalik haqida ijro etilgan kuy-qo’shiq va she'rlar barcha tomoshabinlarga manzur bo’ldi.


Tadbir oxirida yosh o’qituvchi Mullojon Fayzidinovga tuman hokimi hamda maktabgacha va maktab ta'limi bo’limining “Faxriy yorliq”lari va qimmatbaho sovg’alari topshirildi. Maktab ma'muriyati tomonidan faol o’quvchilar va ularning ota-onalariga ham sovg’alar taqdim etildi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram