Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 68 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TABIAT O’YG’ONDI, BIZCHI?

×

 2024-03-18 16:58:09    216

PDF yuklash
Chop etish


Tabiat o’yg’ondi, bizchi?

Bahor fasli kelishi bilan yurtimizda keng ko’lamli obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Bahor kelishi va tabiat o’yg’onishi bilan yurtimizda xaqiqiy mehnat pallasi boshlanadi.

To’rt tomoni purviqor tog’­lar bilan o’ralgan So’x tumanida bu yo’nalishda qanday ishlar olib borilmoqda? Tabiat o’yg’ondi, bizchi, degan savolga javob topish maqsadida biz qishloq xo’jaligi sohasi vakillari bilan tumanimizning bog’dorchilik xo’jaliklarida bo’ldik.

Bahor, ayniqsa, issiq kunlar tumanimizning 1-sektori hududiga tuman markaziga nisbatan 1 oy oldin keladi. Shu bois, xabaringiz bor, ariq va kanallarni tozalash ishlari bu hududda fevral oyining oxirida boshlanib, yakuniga yetkazilgan.

Lekin qilgan tashrifimiz chog’ida shu narsa ayon bo’ldiki, bu hudud bog’bonlari hali noz uyquda – bunga tozalanmagan ariqlar, o’z holiga tashlab qo’yilgan bog’zorlar, shakl berilmagan daraxtlar, bo’tamagan va oqlanmagan yo’l bo’yidagi tut daraxtlari sabab. Tozalik bo’lgan joyda xayr-baraka va unum bo’lishini hammamiz yaxshi bilamiz. Lekin tozalikdan xoli bog’lar, o’z holiga tashlab qo’yilgan ekin yer maydonlarini ko’rib, qut-baraka va unumdan umuman gapirib bo’lmaydi.

Tumanimiz markazidagi qishloq xo’jaligi sub'ektlarida ham tuman hokimining qat'iy topshiri­g’i va bevosita o’zining ishtiroki tufayli yo’l chetidagi daraxtlarga shakl berilib, ariqlar tozalandi. Bugun ushbu manzara odamga o’zgacha shavq va zavq bag’ishlaydi.

1-sektor hududidagi qishloq xo’jaligi sub'ektlarida esa, holat batamom o’zgacha. Beixtiyor, ushbu manzarani ko’rib, bir fikr miyangizda yashindek o’radi – tozalik, obodlik faqat tuman rahbarlariga kerakku! Ya'ni bog’bonlar, sektor hududidagi bobodehqonlarga hokim va yoxud boshqa mutasaddi aytishi, yoki aytib ustida turishi kerak. Shundagina tozalik va obodlik bo’ladi.

Biz bu lavhada kamchilikka yo’l qo’ygan dehqonlar va bog’bonlar nomini keltirmadik. Axir, muborak ramazon oyida birovni ranjitish yaxshi emas. Lekin bugungi holat – odamni ranjitishi aniq. Umid qilamiz va ishonamiz, ki bu holatni ko’rgan mutasaddilar va yer-mulk egalari bo’lgan fuqarolarimiz noz o’yqudan turib, kamchiliklarni isloh qilishga kirishadilar.

Axir, ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan ajoyib naql bor – “mehnatdan kelsa boylik, turmush bo’lar chiroylik”. Mehnat daromad va manfaatdorlik omili. Axir aziz bobodehqonlar, Siz daromad va manfaatdorlikdan mosuvo bo’lishni xohlamassiz? Bunday bo’lsa, belni mahkam bo­lab, ishga kirishing. Bahorning har lahzasi, har soati va har soniyasi g’animat. Tag’in, kech bo’lib qolmasin!

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram