Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 53 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HASHAR

×

 2024-03-16 17:58:25    292

PDF yuklash
Chop etish


Hashar

Ayni damda butun yurtimizda o’tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida So’x tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan markazning ma'muriy binosi oldida tozalash, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari olib borilidi.

Hasharda ma'muriy binoning old qismidagi 380 kvadrat-metr hududi supurib tozalandi. 28 to’p daraxtlar oqlandi va bo’tlandi. 56 metr ekin ekiladigan maydondagi ariqlar tozalandi. Tozalash ishlarida to’plangan chiqindilar olib chiqib tashlandi.

Ijtimoiy xodim assistentlari tomonidan ham o’zlariga biriktirib berilgan yolg’iz, yolg’iz yashovchi va nogironligi bo’lgan shaxslar uyida ham hashar ishlari tashkil etilib, xonadonlarda tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, hashar kunida yolg’iz, yolg’iz yashovchi va nogironligi bo’lgan shaxslar xonadonlaridagi ekin er maydonlarida mevali va manzarali daraxt ko’chatlari ekildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram