Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TADBIRKOR SA'Y-HARAKATI TUFAYLI HALQIMIZNING IFTORLIK DASTURXONIGA SIFATLI QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARI YETKAZIB BERILMOQDA

×

 2024-03-15 16:19:35    227

PDF yuklash
Chop etish


Tadbirkor sa'y-harakati tufayli halqimizning iftorlik dasturxoniga sifatli qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetkazib berilmoqda

Aholi dasturxonini sifatli qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan to’ldirish maqsadida tadbirkorlarimiz ayni kunda belni mahkam bog’lab mehnat qilishayotir. Umedjon Sanginov mana shunday yosh, umidli tadbirkorlarimizdan.

Navobod mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan investitsiya dasturi asosida qurilgan “So’x Munavvarjon” MChJga qarashli issiqxona ham aynan shu yosh tadbirkor sa'y-harakati bilan bunyod etilgan. Tadbirkorning o’zini esa, har doim issiqxona ichida ko’rasiz – ekilgan ekinlarni mehr bilan parvarishlaydi.  

50 sotix yer maydoniga qurilgan issikxonaga boshqa ekinlardan tashqari 250 to’p limon ko’chatlari ekilgan. Issiqxonadan unumli foydalanish masadida limon ko’chatlari orasiga tadbirkor tomonidan bodring va pomidor ekilgan.

- Tadbirkorning yillik o’rtacha daromadi 150-200 million so’mni tashkil etadi. Issiqxonada 10 ta ishchi o’rni yaratilgan. 4 nafar yoshlar doimiy va 6 nafar yoshlarmiz mavsumiy mehnat qilishadi. Tadbirkorimizning bir qo’li saxovat uchun ochilgan. Mahalla bilan ham mustahkam hamkorlikda faoliyat yuritadi, - deydi Navobod mahalla fuqarolar yig’ini hokim yordamchisi Ma'murjon Bobomirhisenov.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram