Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HASHAR YO’LI BILAN MAHALLADA YANGI QABRISTON BARPO ETILIB, UNING HUDUDI OBOD BO’LMOQDA

×

 2024-03-09 17:03:20    408

PDF yuklash
Chop etish


Hashar yo’li bilan mahallada yangi qabriston barpo etilib, uning hududi obod bo’lmoqda


Muqaddas qadamjolar, qabriston va mahalla guzarlarini obodonlashtirilishida tumanimzning Oftobru mahalla fuqarolar yig’inida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xabaringiz bor, bugun mahallada mazkur hudud fuqarolarining sa'y-harakati bilan yangi qabriston barpo etilmoqda.

 

Oftobru mahallasida 4 ta mahalla fuqarolar yig’inlaridan kelgan fuqarolar istiqomat qilishadi. Umumiy maydoni 5 gektar bo’lgan yangi qabriston hududida hashar yo’li bilan yangi shiypon barpo etishdi va bu ishda mahalla ahlining alohida o’rni bor.

 

Mahalla raisi Avrorjon Zunnunov va qurilish ishlari sarkori Nurmatjon Ahmedovning bizga bergan ma'lumotlariga ko’ra, mazkur xayrli amallarda mahallaning yoshlari alohida o’rnak ko’rsatishmoqda. Bugun tashkil etilgan umumxalq hasharida barcha mahalla ahli bir yoqadan bosh chiqarib, ushbu muqaddas makonni obod etish yo’lida astoydil mehnat qilishdi va hasharlarda har kuni 50-100 nafar mahalla fuqarolari ishtirok etmoqda.

 

Hasharni tashkil etishda tashabbus ko’rsatgan saxovatpesha insonlarga mahalla mutasaddilari o’zlarining samimiy minnatdorchiliklarini bildiradilar. Zotan, savob ishni har kim, har kuni qilishi kerak degan so’zlar mana shunday amaliy ishlar orqali namoyon bo’ladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram