Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BAYRAM SHUKUHI DAVOM ETMOQDA

×

 2024-03-09 16:20:10    424

PDF yuklash
Chop etish


Bayram shukuhi davom etmoqda

Tumanimiz uzra onajonlarimiz bayrami shukuhi o’zgacha tarovat va shukuh bilan davom etmoqda. Hududlarda yashayotgan mehnat faxriylari, nuroniy onaxonlar holidan xabar olinib, ularga bayram sovg’alari ulashilmoqda.

Sebzor mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib o’tgan onaxonlar bayrami tadbiri ham barcha ishtirokchilar ko’nglida katta taassurot qoldirdi. Tadbirda yangragan ko’y-qo’shiqlar va tadbir katnashchilariga taqdim etilgan sovg’alar bayram shukuhiga o’zgacha ulug’vorlik hadya etdi.

Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev shaxsan 1-sektor mahallalarida bo’lib, barcha onaxonlarni tabriklab, tashrif buyurgan xonadonlarning bekalariga sovg’alar taqdim etdi. Tashrifdan mamnun onaxonlar albatta qo’llarini duoga ochishdi.

So’x tumani mahalla bo’limi boshlig’i Qosimjon Haydarov tashabbusi bilan ham bir guruh onaxonlar holidan xabar olindi, ularga bayram sovg’alari o’zgacha izzat bilan topshirildi. Albatta, onajonlarni ulug’lash va ularga ko’rsatilayotgan e'tibor har bir insonning ko’nglida hayotga bo’lgan shavq va zavqni yanada jo’shqinlantiradi.

Bayram tadbirlariga yoshlar yetakchilari ham o’zlarining hissalarini qo’shishmoqda. Devayron mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Adhambek Nishonov ham bayram kunlari mahallada istiqomat qiluvchi onaxonlar ko’nglini o’z sovg’alari bilan xushnud etdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram