Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 133 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FAVQULODDA VAZIYATLARNI OLDINI OLISHGA QARATILGAN MAXSUS-TAKTIK O’QUV MASHQLARI O’TKAZILDI

×

 2024-03-07 17:16:26    184

PDF yuklash
Chop etish


Favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik o’quv mashqlari o’tkazildi

        Bahor fasli kelishi bilan tog’li hududlarda sel va suv toshqini yuzaga kelishi ehtimoli juda yuqori bo’ladi. Mana shunday hududlar guruhiga kiradigan bizning tumanda ham yuzaga kelishi ehtimoli yuqori bo’lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olishga doir amaliy ishlar qilinmoqda.

        Sel o’tkazish qobiliyati pasaygan sel yo’llarini tozalash, bahor-yoz mavsumida sel toshqinlari bilan bog’liq tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlarni muhofaza qilish, sel va suv toshqinlarini barqaror va xavfsiz o’tkazib yuborishini ta'minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan kechiktirib bo’lmaydigan tadbirlarni o’z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish maqsadida “So’x tumani Navobod mahalla fuqarolar yig’ini hududidan oqib o’tuvchi “Malbut” sel yo’lining o’zanlarini tozalash va qirg’oqlarni mustahkamlash ishlari” mavzusida maxsus-taktik o’quv mashqi o’tkazildi.

        Maxsus taktik o’quv mashqini tuman hokimi – Fuqaro muhofazasi boshlig’i Sayidbahrom Saydmusayev ochib, o’quv mashqiga jalb etilgan tuman fuqaro muhofazasi xizmatlari, korxona, tashkilotlar va Navobod mahalla fuqarolar yig’ini xodimlariga tegishli topshiriq va ko’rsatmalar berdi.

        O’quv mashq davomida Navobod mahalla fuqarolar yig’ini hududidan oqib o’tuvchi “Malbut” sel yo’lining 230 metr joyi 970 m3 qum-shag’aldan tozalandi hamda 210 metr joyida 840 m3 tuproq ishlari bajarildi. Ushbu ishlarni bajarishda 58 nafar tuman fuqaro muhofazasi xizmatlari va mahalla aholisi qatnashib, 17 ta turli rusmdagi texnikalar jalb etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram